
18-may — Xalqaro muzeylar kuni!
Bugun Oʻzbekistondagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan kirish bepul bo‘ladi.
Mazkur sana munosabati bilan muzeylarda bayram dasturlari, yangi ko‘rgazmalar hamda turli madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Barchangizni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, muzeylarga tashrif buyurishga chorlaymiz!
Yaqinlaringizga ham ulashing va birgalikda tarix hamda madaniyat olamiga sayohat qiling!