





Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida talabalar xalqimizning mardlik va jasoratini aks ettiruvchi boy tarixiy eksponatlar, harbiy meros namunalari hamda Vatan himoyachilarining fidokorona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali yurtimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning buyuk jasorati talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Xotira — muqaddas, qadrlash esa insoniylikning oliy fazilatidir!
Mas’ul tyutor: Rismuxamedova Guljan Amanovna
Rasmiy sahifalarimiz!