


Joriy yilning, 15 may kuni Toshkent davlat universiteti, 3-son Davolash fakulteti 4-kurs 406-C guruh talabasi Karimov Shoxrux Ulug’bek o’g’li. Ushbu marafonda yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 2-o’rini egalladi.
Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan “Talaba Yugur” marafonida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari faol va munosib ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqishi hamda yuqori jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va talabalar birdamligini mustahkamlashga xizmat qildi.
ToshDavTU talaba-yoshlariga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Tyutor: Majitov Ahror Rustam o’g’li
Rasmiy sahifalarimiz!