






romani yaratilganining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi jamoaviy kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, faol ishtirok va samimiy muhitda o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy merosimizni keng targ‘ib qilish hamda Abdulla Qodiriy ijodini yanada chuqurroq o‘rganishga undashdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar asar voqealari, qahramonlarning xarakteri, romanning tarixiy ahamiyati va tarbiyaviy jihatlari yuzasidan o‘z bilimlarini namoyish etdilar.
Tadbir davomida jamoalar o‘rtasida savol-javoblar, tezkor fikrlash, asardan iqtiboslarni davom ettirish hamda badiiy tahlilga oid qiziqarli shartlar asosida bellashuv tashkil qilindi. Har bir jamoa yuqori tayyorgarlik va faol ishtiroki bilan ajralib turdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin “Brain power” jamoasi
2-o‘rin “Ziyo” jamoasi
3-o‘rin “Ko‘hinur” jamoasi egalladi.
Shuningdek, har bir jamoadan eng faol, izlanuvchan va bilimdon kitobxon talabalar saralab olinib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Bu esa talabalarni kitob mutolaasiga yanada ruhlantirdi.
Mas’ul tyutorlar: F.M. Shamudinova, N.N. Sa’dullayeva
Tashkilotchilar: Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti yetakchi koordinatori: S.N. Talatova
“MedDominus” klubi rahbari va o‘rinbosari J.R. Abdurashidov, D.B. BahodirovaMazkur tadbir talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!