Toshkent davlat tibbiyot universitetida Jamoat salomatligini saqlash maktabi tashabbusi bilan sog‘lom ovqatlanish, zamonaviy nutritsiologiya va hujayra darajasida ovqatlanishni optimallashtirish

mavzusida xalqaro ekspert, shifokor-nutritsiolog Luidji Gratton ishtirokida ma’ruza tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatlari, ortiqcha vazn, qandli diabet hamda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, AQShda amalga oshirilayotgan “Diabetning oldini olish milliy dasturi” (DPP) misolida sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni ilmiy asosda yoritib berildi.

Ma’ruza jarayonida sun’iy intellekt va biotibbiy biomarkerlar asosida shaxsiy ovqatlanish tizimlarini shakllantirish, profilaktik tibbiyotning zamonaviy yo‘nalishlari hamda individual yondashuv asosida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilarga zamonaviy nutritsiologiya va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha muhim bilim va tavsiyalar berdi.
Mazkur uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, profilaktik tibbiyot yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment