





2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Bolalar kasalliklari» kafedrasi dotsenti Kurbanova D.R. katta o‘qituvchi Kasimova M.B. dotsent Agzamxadjayeva N.S.,hamda kafedra katta o‘qituvchisi Isabayeva D.X.lar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida texnikum rahbariyati va o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, texnikum o‘qituvchilari uchun “Bolalarda meningokok infeksiyasi” mavzusida ochiq ma’ruza hamda “Bolalarda qizamiq kasalligi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida mavzular yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun qiziqarli va mazmunli muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Bunday tadbirlar texnikum faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qilmoqda. Hamkorlik ishlari izchil ravishda davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!