Toshkent davlat tibbiyot universitetida zamonaviy bilim va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti huzuridagi “MedDominus” klubi tomonidan tashkil etilgan “Kompyuter savodxonligi” to‘garagining 2025–2026 o‘quv yili uchun so‘nggi mashg‘uloti 14-may kuni o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar sun’iy intellekt platformalaridan samarali foydalanish, rasmiy hujjatlar va portfolio tayyorlash, shuningdek, taqdimot, matn va dizaynlarni zamonaviy yondashuv asosida ishlab chiqish bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Jarayon interaktiv va amaliy shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar real loyihalar ustida ishlash orqali o‘z bilim va tajribalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur to‘garak faoliyati talabalarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash hamda kelajak kasbiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti tyutori: F.M. Shamudinova
“MedDominus” klubi rahbari va o‘rinbosari: J.R. Abdiqodirov, D.B. Bahodirova

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment