Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari hamda Qibray tumanidagi “Axillik” mahallasi yoshlari hamkorligida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri doirasida

futbol musobaqasi tashkil etildi.

2026-yil 18-may kuni o‘tkazilgan mazkur musobaqa “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sport madaniyatini namoyon etib, o‘zaro do‘stona va raqobatbardosh muhitda bellashdilar. Tadbir, shuningdek, mahalla va universitet o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur sport tadbiri yoshlar orasida intizom, mas’uliyat hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.Fakultet YoBIB dekan o‘rinbosari: A.K. Xudoyberdiyev, Sport bo‘limi uslubchisi: R.U. Muhammadiyev Tyutorlar: F.M. Shamudinova, N.N. Sa’dullayeva, S.X. Asamova, Sh.R. Xamraliyeva, B.R. Zulfiqorov, G.A. Mirbabayeva, N.B. Yuldashev

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment