
2026-yil 18-20-may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar bo’lib o’tmoqda. Imtihon topshiruvchilar chet tili va mutaxassislik fanlari bo‘yicha belgilangan tartibda sinovdan o‘tmoqda.
Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida tashkil etilib, izlanuvchilarning ilmiy tayyorgarligi, kasbiy salohiyati va mustaqil tadqiqot olib borish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Universitet tomonidan imtihon jarayonlarini samarali tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, jarayonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida olib borilmoqda.
Ushbu jarayon ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda mamlakatimiz ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz: