



“Eko Avlod 4” oromgohida “EkoMed” klubi koordinatori faol ishtirok etdi
11–16-may kunlari O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Eko Avlod 4” oromgohi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur oromgohda Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi “EkoMed” klubi koordinatori Ne’matova Gulsora Mirzajon qizi ham faol ishtirok etdi.
Oromgoh davomida ishtirokchilar liderlik, nutq madaniyati, jamoa bilan ishlash, netvorking, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ekologik va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va tajribalarni egalladilar.
Bunday loyihalar yoshlarning tashabbuskorligi, ijtimoiy faolligi va ekologik madaniyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.
“EkoMed” klubi bundan buyon ham yoshlarning ekologik va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Rasmiy sahifalarimiz
: