




Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy hamkorlik va integratsiya masalalari muhokama qilindi
Tashkent State Medical University Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi hamda Qarshi State University Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi professori Sh. Xojiyev, kafedra assistenti F. Arziqulov, Qarshi davlat universiteti professorlari M. Normurodov, A. Tashatov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida:
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish;
zamonaviy ilmiy tajribalarni o‘zaro almashish;
professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
biofizika, biotibbiyot muhandisligi va eksperimental fizika yo‘nalishlarida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash, akademik aloqalarni kengaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy ilmiy maktablarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin