
nomli “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Bugungi kunda professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor markazida turibdi. Shu maqsadda yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kelajakdagi oliy ta’lim jarayoniga tayyorlash, zamonaviy tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday tashabbuslar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufidagi akademik litseylar hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari universitetga tashrif buyurdilar. Mehmonlar dastlab universitet rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy o‘quv jarayonlari hamda istiqbolli yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida universitet fakultetlari va kafedralari tomonidan maxsus ko‘rgazmalar tashkil etildi. Xususan, Davolash ishi, Pediatriya ishi, Stomatologiya, Menejment, Farmetsiya, Fundamental tibbiyot, Biotibbiyot muhandisligi, Oliy hamshiralik ishi hamda Tibbiy profilaktika fakultetlari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, o‘quvchilarga mazkur yo‘nalishlarning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, universitet prorektorlari, dekanlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan mazmunli ma’ruzalar va taqdimotlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar bitiruvchi o‘quvchilar uchun nihoyatda foydali bo‘lib, ularning kelajakdagi kasb tanlovi va oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Ayniqsa, texnikum o‘quvchilari tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Tadbirdan so‘ng mehmonlar universitetning Zamonaviy simulyatsion markazi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti muzeyi hamda axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan qulay sharoitlar hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga universitetning boy tarixi, uning tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar haqida ham keng ma’lumotlar taqdim etildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilinib, ularga ta’lim olish, kasb tanlash va kelajakdagi faoliyati yuzasidan muhim tavsiya hamda maslahatlar berildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishi va intilishini yanada mustahkamladi. Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun nafaqat motivatsiya manbai, balki ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, bilim va tajribalarini boyitishda muhim amaliy maktab vazifasini ham o‘tamoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!