TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” DOIRASIDAGI FAKULTETLARARO VOLEYBOL MUSOBAQALARI YUQORI SAVIYADA YAKUNLANDI!

Universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari qizg‘in va murosasiz  tarzda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida barcha fakultet jamoalari yuqori tayyorgarlik, kuchli iroda va haqiqiy sport mahoratini namoyish etdilar.
Faxrli 1-o‘rinni Xalqaro fakultetning “INTERNATIONAL” jamoasi qo‘lga kiritdi hamda musobaqa davomida o‘zining jipsligi  va kuchli o‘yin uslubi bilan ajralib turdi.
2-o‘rin Xalqaro fakultetning “SAMPI 1” jamoasiga nasib etdi.
3-o‘rinni esa 1-son Davolash ishi fakultetining “LIDERS” jamoasi egalladi. Jamoa o‘zining faol va murosasiz o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi.
MAS’UL: Z.B. FAYZIYEV.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment