
jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh epidemiologi Atabekov Nurmat Satinoyozovich tashrif buyurdi.
Tashrif davomida fakultet dekani F.I. Salomova soʻzga chiqib, mehmonning tibbiyot va jamoat salomatligi sohasidagi samarali faoliyati, ilmiy izlanishlari hamda yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimiga qoʻshayotgan munosib hissasi haqida qiziqarli maʼlumotlar berdi.
Shundan soʻng professor Atabekov Nurmat Satinoyozovich talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi. Oʻz nutqida u hayot yoʻli davomida erishgan yutuqlari, kasbiy faoliyatidagi tajribalari va duch kelgan sinovlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, talabalarga doimo izlanishda boʻlish, ilm-fanga mehr qoʻyish, oʻz ustida muntazam ishlash va xalq salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilish zarurligini taʼkidladi.
Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirib, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yanada ruhlantirdi.
Rasmiy sahifalarimiz: