
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiziqtirayotgan masalalarni ochiq muloqot orqali muhokama qilish hamda ta’lim jarayoniga oid taklif va muammolar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalarning startap loyihalari, filial rahbariyati tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, amaliyot jarayonlari hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilgan takliflar, murojaatlar va tashabbuslar tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan mazkur muloqot yoshlar bilan aloqani mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda kelgusidagi rejalarni birgalikda belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!