







xayriya-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.
Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Toshkent shahar Mirobod tumani 57-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etildi. Tadbirda kafedra mudiri, professor Abdullayeva V.K., dotsentlar Ganixanov A.A., Rustamova J.T., Rogov A.V., katta o‘qituvchi Matveyeva A.A. hamda assistent Sultanova K.B. ishtirok etdilar.
Kafedra mutaxassislari tomonidan maktab o‘quvchilarining rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda “Emotsiyalarni tushunish va kundalik hayotda to‘g‘ri muloqot qilish ko‘nikmalari” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida bolalarga sodda va tushunarli shaklda o‘z his-tuyg‘ularini anglash, tinchlanish usullari, atrofdagilar bilan to‘g‘ri muloqot qilish hamda ijobiy xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bolalarga esdalik sovg‘alari topshirilib, iliq va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratildi. Tadbir mutaxassislar uchun maxsus ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan individual psixologik-pedagogik yondashuvlar bilan tanishish hamda amaliy tajriba almashish imkonini berdi.
Mazkur tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning psixologik farovonligini mustahkamlash hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tashrif Toshkent davlat tibbiyot universitetining ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy mas’uliyat uyg‘unligiga asoslangan faoliyatini izchil davom ettirayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Rasmiy sahifalarimiz!