Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi — Respublika bosqichi g‘olibi!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi — Respublika bosqichi g‘olibi!
Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yoqubboyeva E’zoza “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi!
Mazkur yutuq — izlanish, bilim va tinimsiz mehnatning yorqin natijasidir. Talabamizning ushbu muvaffaqiyati universitetimiz ilmiy salohiyati va yoshlarning innovatsion tafakkurini yana bir bor namoyon etdi.
Iqtidorli talabamizni hamda uni tayyorlagan ustozlarini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ham ulkan zafarlar, yangi ilmiy yutuqlar va yuksak marralar tilaymiz.
Shogirdlarning har bir muvaffaqiyati ortida ustozlarning fidokorona mehnati, sabri va ilmga bo‘lgan sadoqati mujassam. Ana shunday ustoz-shogird an’analari ilm-fan ravnaqining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment