






2026-yil 14–15-may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida “I Turkologiya Kongresining 100 yilligi: Til muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman turkologiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlanib, unda turli davlatlardan olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Konferensiya dasturi doirasida rasmiy ochilish marosimi, sho‘ba yig‘ilishlari, ilmiy ma’ruzalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur xalqaro anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori Kavsar Turdiyeva ham ishtirok etdi. U sho‘ba yig‘ilishlarida “Integration of literature and medicine: formation of personal and professional competence” (“Adabiyot va tibbiyot integratsiyasi: shaxsiy va kasbiy kompetensiyani shakllantirish”) mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Professorning ma’ruzasida adabiyot va tibbiyot sohalarining o‘zaro integratsiyasi, shaxsiy hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari yoritilib, qardosh mamlakatlardan tashrif buyurgan olim va tadqiqotchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Konferensiya davomida professor Kavsar Turdiyeva xalqaro ilmiy muloqotlarda faol ishtirok etib, turli davlatlardan kelgan mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashdi. Tadbir ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, konferensiya dasturi asosida ishtirokchilar uchun Haydar Aliyev maqbarasiga tashrif, Shamaxi shahriga safar hamda Pirqulu rasadxonasi bilan tanishuv kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqboldagi qo‘shma ilmiy loyihalarni davom ettirish yuzasidan takliflar bildirildi. Konferensiya bilan bog‘liq xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplandi.
Rasmiy sahifalarimiz!