
1-son Davolash fakulteti jamoasi va iqtidorli talabalari navbatdagi yuksak cho‘qqini zabt etishdi!
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Medical Avengers jamoasi a’zolari bo‘lgan innovator talabalarimiz “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining respublika bosqichida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Quvonarlisi, ushbu g‘oliblar safida fakultetimizning quyidagi iqtidor egalari bor:
Boqiyev Jahongir — 1-Davolash fakulteti, 5-kurs talabasi;
Norqulova Mubinabonu — 1-son Davolash fakulteti, 3-kurs talabasi.
Fakultetimiz rahbariyati va professor-o‘qituvchilari nomidan azmu shijoatli, izlanuvchan va innovator talabalarimizni ushbu yuksak g‘alaba bilan muborakbod etamiz!
Sizlarning ilm-fan va tibbiyot yo‘lidagi bunday yutuqlaringiz butun fakultetimiz faxridir. Kelgusi ulkan ilmiy ishlaringizda, shifokorlik faoliyatingizda va yangi marralarni zabt etishingizda hamisha omad yor bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz: