TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA “REKTOR KUBOGI” DOIRASIDAGI FAKULTETLARARO FUTBOL MUSOBAQALARI YUQORI SAVIYADA YAKUNLANDI!

Universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida futbol jamoalari o‘rtasidagi bahslari qizg‘in va murosasiz  tarzda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida barcha fakultet jamoalari yuqori tayyorgarlik, kuchli iroda va haqiqiy sport mahoratini namoyish etdilar.

Faxrli 1-o‘rinni 2-son davolash ishi fakulteti “Special” jamoasi qo‘lga kiritdi

2-o‘rin 1-son davolash ishi fakultetning “Alfa” jamoasiga nasib etdi.

3-o‘rinni esa Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetining “Nihol” jamoasi egalladi. Jamoa o‘zining faol va murosasiz o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi.

MAS’UL: S.Ch.Saidov

Tags

Leave a comment