Universitetda talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida qizlar jamoalari o‘rtasidagi voleybol bahslari qizg‘in va murosasiz ruhda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar davomida barcha fakultet jamoalari yuqori tayyorgarlik, tezkorlik, jismoniy chidam va haqiqiy sport mahoratini namoyon etib, muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Har bir uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘lib, maydonda jamoaviy o‘yin yaqqol sezildi.
Faxrli 1-o‘rinni 1-son Davolash fakultetining “Nefrit” jamoasi qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin 2-son Davolash fakultetining “Diamonds” jamoasiga nasib etdi.
3-o‘rinni esa Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakultetining “Quvnoq” jamoasi egalladi.
MAS’UL: F.Z. NURIMOVA.







