2026-yil 22-may kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqasiga kuzatish marosimi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda

bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yirik sport bayramida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Stadionda jam bo‘lgan minglab muxlislar qatorida universitetimiz prorektorlari, profilaktika inspektorlari, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 500 nafardan ortiq talaba-yoshlar milliy terma jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlab, futbolchilarimizga samimiy tilak va olqishlarini bildirdilar.

Bayramona muhit, vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar hamda muxlislarning jo‘shqin qo‘llab-quvvatlashi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi milliy terma jamoamizga Jahon chempionati bahslarida ulkan muvaffaqiyat, yorqin g‘alabalar va omad tilaydi! Olg‘a, O‘zbekiston!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment