






nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida texnikum rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik asosida olib borilayotgan ishlar rejasi atroflicha muhokama qilindi. Mazkur muloqot ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Tashrif davomida, o’quvchilarga “Travmatologiya va ortopediyada travmatizm” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etildi. Ushbu ma’ruzalar talabalarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, ularning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar bilan “Ustoz va shogird” hamda kasbga yo‘naltirish mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Unda yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, tibbiyot sohasida o‘z o‘rnini topishi hamda ustoz-shogird an’analarining ahamiyati haqida fikr almashildi.
Bundan tashqari, tashrif davomida bitiruvchi talabalar hamda ularning Yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda sifatli tibbiy kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!