Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampusida joylashgan muzeyga Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 317-guruh talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Mazkur tashrif tyutor G.A. Mirbabaeva tashabbusi bilan amalga oshirilib, unda talabalar universitet tarixiy merosi hamda tibbiyot rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.K. Xudayberdiyev tomonidan tibbiyot tarixi, universitet kafedralari, ularda faoliyat yuritayotgan ustozlar, faxriy professorlar va akademiklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, haftaning juma kuni — Milliy qadriyatlar kuni munosabati bilan muzey xodimi N.M. Nurmetova tomonidan talabalarga milliylik tushunchasi, milliy sopol idishlar, ularning bugungi kundagi qadri, go‘zalligi hamda milliy urf-odatlar haqida mazmunli suhbat o‘tkazildi.
Mazkur tashrif talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sana: 22.05.2026
Tyutor: G.A. Mirbabaeva

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment