Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Italiyaning Trieste Universiteti o‘rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnoma doirasida Trieste Universiteti tibbiyot fakulteti bilan Erasmus dasturlarida birgalikda qatnashish, Trieste Universiteti yetakchi mutaxassislari va professor-o’qituchilarini o’quv jarayonlariga jalb etish, hamda birgalikda o’quv va ilmiy-amaliy tadbirlar o’tkazish kabi yo’nalishlarda hamkorlik olib borish ko’zda tutilgan.
🔹Ma’lumot uchun: Trieste Universiteti 1924-yil tashkil topgan. Universitetda 10 ta fakultet mavjud bo’lib, ularda 16 000 nafarga yaqin talaba tahsil oladi.