1
Uzbekistan’s medical education takes the lead in the international arena

The National Board of Medical Examinations (NBEMS) of India has announced the results of the Foreign Medical Graduate Examination (FMGE) 2025, one of the most important licensing exams in the medical field in India (https://natboard.edu.in/viewUpload?xyz=WGFid2M2R252YlMzblhsemdCYWF5QT09). According to it, Uzbekistan ranks fourth in the world among countries that train foreign students in the medical field with […]

1
Oʻzbekiston tibbiy taʼlimi xalqaro maydonda yetakchilikni qoʻlga kiritdi

Hindistonning Tibbiyot fanlari milliy imtihonlar kengashi (NBEMS) tomonidan Hindistonning tibbiyot sohasidagi eng muhim litsenziyalash imtihonlaridan biri hisoblangan Foreign Medical Graduate Examination (FMGE)ning 2025-yil natijalari eʼlon qilindi. Unga koʻra, tibbiyot sohasi boʻyicha chet ellik talabalarni tayyorlaydigan davlatlar orasida Oʻzbekiston 40,37 foizlik muvaffaqiyat koʻrsatkichi bilan dunyoda toʻrtinchi, MDH va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari oʻrtasida  birinchi oʻrinni egalladi. Hindiston […]

4
Toshkent davlat tibbiyot universitetida rahbariyat va talaba-yoshlar, xususan talaba-qizlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Dushanova, Toshkent davlat tibbiyot univetditeti Xotin-qizlar kengashi raisi I.K.Maxkamova, 1-Pediatriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi D.A.Usta-Azizova, Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.M.Shamudinova, 2-pediatriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Yo.B.Ulasheva, Posira mahallasi xotin-qizlar faoli G.B. Musayeva, universitet psixologlari G. Djumanova, G.Soyibnazarova, […]

2
O’tgan hafta Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo’lib o’tgan tadbir men uchun oddiy ma’naviy uchrashuv emas, balki o’tmish va hozirgi zamon o’rtasidagi jonli muloqot bo’ldi.

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etar ekanman, bir haqiqatni yana bir bor his etdim: biz o‘rganayotgan ilm — bu faqat bugunning emas, balki kecha jon fido qilgan insonlar merosidir. Tadbirni ochib bergan professor Baxtiyor O‘ktamovich Irisqulov jadidchilik harakatining xalqimiz ma’naviyati va mustaqil davlatchilik tarixidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. […]

4
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-Davolash ishi fakulteti 1-bosqich 101-guruh talabalari tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va profilaktik bilimlarni keng yoyish maqsadida ma’naviy-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent shahri Yunusobod tumani 327-maktabning 1–2-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda shaxsiy gigiyena qoidalari keng va tushunarli tarzda yoritildi. Talabalar tomonidan bolalarga tozalikni saqlash sog‘liqni asrash, turli yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim omil ekani sodda va qiziqarli uslubda tushuntirildi. Ayniqsa, ovqatlanishdan oldin va tashqaridan kelgandan so‘ng qo‘llarni yuvish zarurligi, gigiyenik odatlarga rioya […]

1
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi tomonidan hamshiralik kasbining nufuzini oshirish, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 8-may kuni kafedra pedagogi Shakirova D.D. tashabbusi bilan Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan “Hamshiram — farishtadek beg‘uborim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida bugungi kunda hamshiralarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga berilayotgan e’tibor va imtiyozlar, oliy ta’lim muassasalarida faoliyat […]

1
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 12-talabalar turar joyida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, shoira Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil etildi.

2026-yil 5-may kuni o‘tkazilgan mazkur mushoira davomida talaba-yoshlar, xususan faol talaba-qizlar shoiraning boy ijodiy merosi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular Halima Xudoyberdiyeva ijodining yosh avlodni vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat hamda insoniylik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Tadbir jarayonida shoiraning chuqur ma’no va yuksak badiiy hissiyotlarga boy she’rlari ifodali tarzda o‘qildi, ularning mazmun-mohiyati keng tahlil qilindi. […]

5
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tashabbusi hamda Profi universiteti bilan hamkorlikda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha blits (5+3) turniri tashkil etildi.

2026-yil 5-may kuni Profi universitetining Beruniy kampusida o‘tkazilgan mazkur turnir talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, strategik fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratildi. Shu bilan birga, tadbir yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, ajdodlar jasorati va fidoyiligiga hurmat ruhini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy platforma sifatida namoyon bo‘ldi. Turnir bahslari shveytsarcha tizim asosida yuqori saviyada […]

1
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish hamda xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔺 Joriy yilning 5-may kuni universitetning 2-korpusida 1-Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida “OITS — asr muammosi: ogohlik va mas’uliyat birlashgan nuqtada” hamda “OITS va biz: profilaktika hamda sog‘lom kelajak” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. 🔺 Mazkur tadbirda Dermatologiya kafedrasi dotsenti Xodjayeva C.M., PhD Nabiyeva D.D., 1-Pediatriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Usta-Azizova D.A. hamda fakultet […]

5
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘l!” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

🔺Joriy yilning 5-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari o‘rtasida “Mutolaa maskani” kitobxonlik to‘garagining navbatdagi soni mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar o‘zaro fikr almashib, badiiy asarlar orqali hayotiy xulosalar chiqarishga harakat qildilar. 🔺Ushbu yig‘ilishda “Kecha va kunduz”, “Baxtiyor oila”, “Bonu”, “Bahor qaytmaydi” hamda “Jimjitlik” asarlari muhokama qilinib, […]