“Talaba-yugur” marafoni – sog‘lom hayot sari dadil qadam

2025-yil 24-sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Toshkent shahridagi barcha oliygohlar, shu jumladan Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Talaba-yugur” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marafon yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga qiziqishni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda vazirlik va federatsiya mas’ullari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda 120 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Yugurish marafoni barcha qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat, sog‘lom hayotga bo‘lgan ishonch va yangi marralar sari ilhom baxsh etdi.

Tags

Leave a comment