O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, yoshlarimizning faxriy ustozi Qo‘ng‘irotboy Sharipov Avezimbetovich Bolalar milliy tibbiyot markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotini jadallashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, tibbiyot sohasi uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan tibbiyot markazlari o‘rtasida samarali integratsiyani yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Vazir Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovichning mamlakatimiz tibbiyot sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari e’tirof etilib, u “Bolalar milliy tibbiyot markazi 5 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Kardiologiya” yo‘nalishi 2-bosqich magistranti, “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sohibi Quanishbek Yerejepbayev ham ishtirok etib, bu uchrashuvni yoshlar uchun katta faxr va ilhom manbai sifatida e’tirof etdi.
“Ustozlarning e’tirofi — bu faqat mukofot emas, balki biz yoshlar uchun mehnat, fidoyilik va sadoqatning chin timsolidir.
” — deydi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Doktor-reportyor klubi a’zosi Quanishbek Yerejepbayev
