Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetlari o‘rtasida tashkil etilgan futbol bellashuvi yuqori shijoat, jamoaviy ruh va sportona raqobat muhitida o‘tdi.

Jamoalar o‘z mahorati, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etishdi. Har bir o‘yinda kurash va g‘alabaga intilish yaqqol sezilib, musobaqa tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — “Dents” jamoasi
2-o‘rin — “Velora” jamoasi
3-o‘rin — “Pediatriya” jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!
Ularning g‘alabasi — mehnat, bir jamoa sifatida harakat qilish va sportga bo‘lgan sadoqatning natijasidir.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Tags

Leave a comment