Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu sport bellashuvlari haqiqiy sport bayramiga aylandi

Talabalar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli sezildi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi:
“Qaldirg‘och”, “Molniya”, “Velora”, “Shifokorlar”, “Birinchilar”, “Efariya”, “Dentc girls”.
Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — “Efariya” jamoasi
2-o‘rin — “Velora” jamoasi
3-o‘rin — “Molniya” jamoasi

O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa 10 dan ortiq jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — “Gamlet” jamoasi
2-o‘rin — “Xalqaro tibbiyot” jamoasi
3-o‘rin — “Lider” jamoasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi bu bellashuvlar yoshlarni sog‘lom turmush tarzi, birdamlik va do‘stlik sari chorlayotgan muhim tashabbuslardan biridir.

Barcha jamoalarga kelgusi bosqichda muvaffaqiyat va yangi g‘alabalar tilaymiz! 🇺🇿

Voleybol bo‘yicha mas’ullar:
Z. B. Fayziyev, F. Z. Nurimova

fakultetlar o'rtasida sport musobaqasi

Tags

Leave a comment