Toshkent davlat tibbiyot universitetining Davolash-1 fakultetida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

Tadbirning ochilish marosimida yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.N. Kirgizbaev hamda Davolash ishi yo‘nalishi dekani I.O. Atajonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Ular yoshlarni sport orqali sog‘lom va faol hayot tarziga intilishga chorladilar.

Olimpiada doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi:

Futbol — 24 ta jamoa,
Voleybol (qizlar jamoasi) — 12 ta,
Voleybol (o‘g‘il bolalar jamoasi) — 11 ta,
Stol tennisi — 40 nafardan ortiq talaba,
Yengil atletika — 50 nafardan ziyod ishtirokchi.

Musobaqalar yuqori sport ruhi, do‘stlik va jamoaviy hamjihatlik muhitida o‘tmoqda. Hozirda saralash bosqichlari boshlandi, jamoalar final yo‘llanmasi uchun kuchli raqobatda ishtirok etishmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

Tags

Leave a comment