Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasiga start berildi!

Davolash-1 fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol bellashuvlari yuqori shijoat, jamoaviy ruh va sportona raqobat muhitida o‘tmoqda.

Saralash bosqichida jami 24 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular o‘zaro murosasiz bellashuvlarni olib bormoqda. Ular orasida:
Adrenalin, PC United FC, Mediums, Oltin qanot, Medikal United, FC Gippokrat, FC Storm, Burgut, Hospital team, Barsa kabi jamoalar o’yinni boshlashdi va faol ishtirok etishmoqda.

Bellashuvlar davomida jamoalar g‘alaba sari qat’iyat bilan harakat qilmoqda. Maydonda tezkorlik, jamoaviy uyg‘unlik va sport ruhi yaqqol sezilmoqda.

Har bir uchrashuvda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va sportona kayfiyat yaqqol sezilmoqda. Saralash bosqichlari davom etmoqda. Talabalarimizga musobaqaning keyingi bosqichlarida omad tilaymiz!

Mas’ul: S.Ch. Saidov 🇺🇿

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasiga start berildi!

Tags

Leave a comment