Davolash-1 fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqaning guruh bosqichi yuqori sport kayfiyati, raqobat ruhi va jamoaviy hamjihatlik bilan o‘tmoqda.
Ishtirokchilar har bir o‘yinda chaqqonlik, aniqlik va diqqatni jamlash mahoratini namoyish etishmoqda. Bahslar davomida talabalarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi, iroda kuchi va sportga bo‘lgan muhabbati yaqqol sezildi.
Guruh bosqichi natijalari quyidagicha:
1-o‘rin — Karimova Lola (2-kurs)
2-o‘rin — Uralbayeva Ozoda (1-kurs)
3-o‘rin — Nazrullayeva Dildora (2-kurs)
Musobaqa jarayonida talabalarning faolligi va sportga bo‘lgan mehrini alohida ta’kidlash joiz.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ushbu stol tennisi musobaqasi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, raqobatbardoshlikka va jamoaviy birdamlikka undovchi muhim tadbir bo‘ldi.
Mas’ul: Ahadov K.






