Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi musobaqalari qizg‘in tarzda boshlandi!

2-son Davolash fakulteti talabalari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqaning guruh bosqichi yuqori sport kayfiyati, raqobat ruhi va jamoaviy hamjihatlik muhitida o‘tdi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirokchilar har bir zarbada aniqlik, tezkorlik va mahoratini namoyon etishdi.

Natijalar quyidagicha:
Turobova Gulasal — 1-kurs
Mahmudova Zilola — 1-kurs
G‘ulomova Munisaaslzoda — 1-kurs

O‘g‘il bolalar bahslarida esa raqobat yanada keskin kechdi. Talabalar o‘z irodasi, diqqat-e’tibori va sportga bo‘lgan
ishtiyoqi bilan ajralib turishdi.

Natijalar:
Toshpo‘latov Diyor — 4-kurs
Ergashev Muslim — 4-kurs
Nasriddinov Bahodir — 3-kurs

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ushbu stol tennisi musobaqasi yoshlarni sog‘lom turmush tarzi, raqobatbardoshlik va jamoaviy birdamlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Mas’ul: Ahadov K.

stol tennisi musobaqalari qizg‘in tarzda boshlandi!

Tags

Leave a comment