Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-son davolash fakultetida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” sport musobaqalariga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.N. Kirgizbaev hamda 2-son davolash ishi yo‘nalishi dekani A.A IRNAZAROV so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Ular yoshlarni sport orqali sog‘lom va faol hayot tarziga intilishga chorladilar.

Olimpiada doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi.
Futbol
Valeybol
Stritbol
Stol tennisi
Yengil atletika

Musobaqalar yuqori sport ruhi, do‘stlik va jamoaviy hamjihatlik muhitida o‘tmoqda.

Fakultetimiz sha’nini himoya qilayotgan aziz talabalarimizga omad tilaymiz

BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” sport musobaqalariga start berildi.

Tags

Leave a comment