Tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.
Saralash bosqichida qizlar jamoalari o‘rtasida qizg‘in va hayajonli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Unda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi:
Impuls, Zafar, Shahristan, ProMedik, Yangi avlod, Humo, Gold Star-1, Med Girls, Stars, Gold Star-2, Mash’al va Bunyodkor.
Bellashuvlar yuqori sport kayfiyatida, halol raqobat va jamoaviy ruhda o‘tdi.
Natijaga ko‘ra, Impuls, Shahristan, Humo, Med Girls, Gold Star-2 va Mash’al jamoalari keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining mahorati, sportga bo‘lgan mehr-muhabbati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy uyg‘unligini namoyon etdilar.
Mas’ul: F.Z. Nurimova





