ToshDavtu da bugun haqiqiy futbol ruhi, jamoaviy hamjihatlik va g‘alaba ishtiyoqi hukm surdi! “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan futbol musobaqasining saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Maydonda talabalarning chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi sinovdan o‘tdi. Har bir jamoa keyingi bosqichga yo‘l olish uchun bor kuchini safarbar etdi.
1-son Davolash fakulteti – Davolash fakultetiga qarshi;
2-son Davolash fakulteti – SAMPI jamoasiga qarshi;
Xalqaro fakultet – 1-Stomatologiya jamoasiga qarshi;
“Menejment” jamoasi – 1-Pediatriya jamoasiga qarshi;
Tibbiy profilaktika – Xalqaro fakultet jamoasiga qarshi;
Tibbiy pedagogika jamoasi – 2-Pediatriya jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
2-Stomatologiya jamoasi esa keyingi bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mas’ul: S.CH. SAIDOV.




