“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” doirasidagi YENGIL ATLETIKA – YUGURISH MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHI yakunlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida bugun kuch, tezlik va g‘alaba ruhi hukm surdi! “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — yengil atletika yugurish bellashuvining final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Maydonda talabalarning irodasi, chidamliligi va jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tdi. Har bir ishtirokchi finish chizig‘iga yetib borish uchun bor kuchini safarbar etdi.

1-o‘rin — I Pediatriya fakulteti “Chakkonlar” jamoasi
Nafasov,Eshonqulov M,Odiljonova Z,G‘ofurjonova X.
2-o‘rin — 1-son Davolash fakulteti “PİK” jamoasi
Nuritdinov A, Dehqonov A, Yuldosheva N, Jalolova M.
3-o‘rin — F.M.T.B.BTM va OMH fakulteti “Menejer”jamoasi
Davronov Sh, Abdurahmonov J, Buysunboyeva F, Mamurova F.

Ushbu final bellashuvi ToshDavTu talabalari uchun nafaqat sport musobaqasi,  balki iroda, birlik va g‘alaba timsoliga aylandi.

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

Tags

Leave a comment