Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Shifokor” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning shahar bosqichi voleybol musobaqasi start olishi arafasida!
Musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari yuqori sur’atda davom etmoqda. Shu munosabat bilan universitetning qizlar voleybol terma jamoasi Vepstr universiteti voleybol terma jamoasi bilan do‘stlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Maydonda har bir zarba, har bir pas va har bir g‘alaba uchun kurashda haqiqiy sport ruhi, jamoaviy birlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonch sezilib turdi.
Mazkur uchrashuv nafaqat sport mahoratini oshirish, balki jamoalar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Har ikkala jamoaga ham musobaqalarda ulkan omad, kuch, qat’iyat va g‘alaba sari dadil qadamlar tilaymiz!
Mas’ul: F.Z.NURIMOVA.




