Bugun Toshkent shahridagi 92 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika musobaqasi shahar bosqichi Toshkent davlat tibbiyot universiteti » Shifokor» sport majmuasida tantanali ravishda ochib berildi!
Ochilish marosimida sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviy ruh va yuksak kayfiyat hukm surdi. Talabalarning shijoati, kuch va iroda bilan musobaqaga kirishgani yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirni Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.A. Bobomurotov ochib berdi.
So‘ngra so‘zga chiqishdi:
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i – Olimov Sherzod Murodullaevich,
Toshkent shahar sport boshqarmasi ommaviy sportni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i – Abdraimov Jamshid Tursunboevich.
Ular o‘z chiqishlarida yoshlarning sportdagi faolligi, jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida so‘z yuritishdi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar musobaqa qoidalari bilan batafsil tanishtirildi va bellashuvlarga start berildi.





