Toshkent shahridagi 92 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirokida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika musobaqasi shahar bosqichi Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Shifokor” sport majmuasida tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Toshdavtu yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori T.A. Bobomurotov ochib berdi.
So‘ngra so‘zga chiqishdi:
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i – Olimov Sherzod Murodullaevich,
Toshkent shahar sport boshqarmasi ommaviy sportni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i – Abdraimov Jamshid Tursunboevich.
Ular o‘z chiqishlarida yoshlarning sportdagi faolligi, jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarga g‘alaba va omad tiladilar.
Musobaqa davomida talabalar kuch, iroda va jamoaviy ruhni namoyon etib, yuqori sport mahoratini ko‘rsatdilar. Bellashuvlar yakunida A, B, C va D sektorlar bo‘yicha g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.
A sektor sovrindorlari:
1-o‘rin — Toshkent irrigatsiya universiteti
2-o‘rin — Madaniyat va sport instituti
3-o‘rin — ADJU universiteti
B sektor sovrindorlari:
1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti
2-o‘rin — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti
C sektor sovrindorlari:
1-o‘rin — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
2-o‘rin — Millat Umidi universiteti
3-o‘rin — Gumanitar fanlar universiteti
D sektor sovrindorlari:
1-o‘rin — Toshkent davlat yuridik universiteti
2-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti
3-o‘rin — Alfraganus universiteti
G‘olib va sovrindorlar Toshkent shahar sport boshqarmasi hamda Toshkent shahar fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan faxriy diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Har bir sektordan 1-o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sportdagi faol ishtiroki va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash hamda yangi iqtidorlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





