BESH TASHABBUS OLIMPIYADASI – TOSHKENT SHAHAR BOSQICHI VOLEYBOL O‘G‘IL BOLALAR O‘RTASIDA MUSOBAQAGA START BERILDI!

Toshdavtu ning “Shifokor” sport majmuasida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol musobaqasi boshlandi.

Musobaqa yuqori saviyada, sport ruhi va g‘alaba shijoatiga to‘la bo’ldi. Har bir zarba, har bir ochko ortida qat’iyat, g‘alabaga bo‘lgan ishonch va jamoaviy ruh mujassam edi.

Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti
2-o‘rin — Oriental universiteti
3-o‘rin — Toshkent davlat jahon tillari universiteti

Musobaqaning ajralmas qismi — voleybol ishqibozlari!
Ularning qizg‘in qo‘llab- quvvatlovi, cheksiz shovqin-suron va samimiy hayqiriqlari sport zaliga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Har bir ochko uchun berilgan olqishlar jamoalarga kuch va ilhom ulashdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 🇺🇿

Mas’ullar: Z.B. Fayziyev
F.Z. Nurimova

 BESH TASHABBUS OLIMPIYADASI

Leave a comment