Doktorantura imtihoni haqida e’lon

Hurmatli rahbar xodim, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar va talabgorlar!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-sonli (https://lex.uz/ru/docs/3213410) qaroriga muvofiq, 2026 yil uchun tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura uchun tasdiqlangan qabul kvotalari asosida imtihonni reja-jadval va tasdiqlangan buyruq asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlar offlayn formatida (suhbat – mutaxassislik fanlaridan) o‘tkazilishi va imtihon jarayoni to‘liq videokuzatuv asosida,
20-21-noyabrda reja jadval bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bosh o‘quv binosida 7-qavati, 746-xonada (ma’ruza zal) bo‘lib o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Izoh:
✅ 20-noyabr kuni tayanch doktorantura va stajor-tadqiqotchilik (PhD);

✅ 21-noyabr kuni doktorantura (DSc);

✅ Imtihon vaqti – reja jadval bo‘yicha (ilova)

Qo‘shimcha savollar uchun Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, Z.A.Muminova

Leave a comment