“BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!”

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida unutilmas bayramona ruh hukm surdi!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tomonidan yuksak iftixor, faxr va cheksiz shukronalik tuyg‘ulari bilan nishonlandi. Tadbir davomida bayroqning tarixi, undagi rang va timsollarning ma’nosi, xalqimizning buyuk orzu-istaklari ifodasi ekanligi yana bir bor esga olindi. Talabalar va professor-o‘qituvchilarning vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari, ma’naviy chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Barchada – bir Vatan, bir el va bir bayroq ostida yashayotganimizdan faxr tuyg‘usi uyg‘ondi.Bugun biz uchun bayroq nafaqat davlat ramzi – balki ozodlik, birlashuv va milliy g‘urur timsoli! Biz shu muqaddas bayroq ostida ta’lim olib, ilm bilan yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni davom ettiramiz.

Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Yashasin bizning ulug‘ bayrog‘imiz!

Leave a comment