Ma’rifat darsini tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich olib bordi. Dars davomida talabalar “bayroq” tushunchasining mazmuni, uning tarixiy kelib chiqishi va davlat hayotidagi o‘rni, shuningdek, “O‘zbekiston bayrog‘i” atamasining mazmun-mohiyati, uning mamlakatimizning muhim davlat ramzi sifatidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar. Tadbir talabalarda O‘zbekiston bayrog‘ining mazmunini chuqur anglash, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Ma’ruza jarayoni savol-javob tarzida qizg‘in va interaktiv shaklda o‘tdi.
Tadbirda barcha kampuslar ZOOM hamda YouTube platformalari orqali masofaviy tarzda ishtirok etdilar.



