Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida o‘tayotgan katta sport bayramining badiiy qismi o‘z nihoyasiga yetib, sahna tomoshalari boshlandi.
Tadbirning badiiy qismi doirasida:
• universitet talabalari va ijodiy jamoalarining musiqiy chiqishlari,
• milliy raqs va sport elementlari uyg‘unlashtirilgan kompozitsiyalar,
• sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
Sport va san’at uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu bayram tadbirning tantanavor ruhini yanada oshirib, tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashmoqda.






