Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Bayram doirasida so‘zga chiqqan rasmiy mehmonlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va oliy ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, tadbirda “Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Respublika bosqichida yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu sport bayrami yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik, liderlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti bundan buyon ham talabalarning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, sportni yanada rivojlantirish va keng jamoatchilik o‘rtasida sog‘lom hayot tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni davom ettiradi.




















