E’lon!

Hurmatli kafedra mudirlari va tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilar diqqatiga!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilarga MALAKAVIY IMTIHONlar o‘tkazilish yuzasidan,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan

Mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha reja asosida (navbatdagi) malakaviy imtihonlar topshirish uchun hujjatlar to’plamini to’liq holda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim qilinadi, jumladan:

1. Ariza (telefon raqami ko‘rsatilgan holda);

2. ID karta (Pasport) nusxasi;

3. Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash va/yoki chop etilgan OAK byulletendan nusxasi;

4. Boshqa muassasa ilmiy izlanuvchilari uchun – Yo‘llanma xat (TDTU Rektori nomiga);

5. Mustaqil izlanuvchilikka yoki tayanch doktoraga qabul qilinganlik haqidagi buyruq

6. Annotatsiya (ilmiy rahbar va talabgor tomonidan imzolangan va tasdiqlangan);

7. 3,4 shakl (tasdiqlangan);

8. Diplomlar (bakalavr, magistratura/klinik ordinatura);

Mustaqil izlanuvchi yoki tayanch doktoranturaga o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq ilova qilinishi lozim.

Hujjatlar qabuli dekabrga(soat 16:00)ga QADAR davom etishi ma’lum qilamiz.

Hurmatli ilmiy rahbarlar, Tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilaringiz diqqatiga, OAK Nizomiga asosan mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha malakaviy imtihonlar rejaga asosan yiliga martda qabul qilinadi.

Izoh O‘tkazilishi rejalashtirilgan Malakaviy imtihonlar sanasi va bo‘lib o‘tadigan joyi qo’shimcha xabar beriladi. Hurmat bilan, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, Z.A.Muminova

Leave a comment