Hurmatli professor-o‘qituvchilar, pediatr-shifokorlar, tadqiqotchilar va yosh olimlar!
Sizlarni 2025-yil 28-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilayotgan
“Zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolari: bolalar kasalliklari diagnostikasi va davosining yangi imkoniyatlari”
mavzusidagi IV Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Mazkur anjuman pediatriya sohasida erishilayotgan so‘nggi ilmiy natijalar, innovatsion diagnostika va davolash texnologiyalari, xalqaro amaliyot, zamonaviy klinik yondashuvlar hamda istiqboldagi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu forumda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va boshqa davlatlarning yetakchi pediatr olimlari hamda klinik mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan иштирок etadilar.
⏰ Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: “Azimut Grant Hotel Tashkent” mehmonxonasi, Amir Temur anjumanlar zali
Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 107A-uy
Hurmatli hamkasblar!
Sizning ilmiy faolligingiz, amaliy tajribangiz ва bildirilgan fikrlaringiz ushbu xalqaro anjuman samaradorligini yanada boyitib, uning ilmiy qiymatini oshiradi. Sizni mazkur ilmiy uchrashuvda faol ishtirok etishga, bahs-munozaralarda qatnashishga hamda pediatriya sohasini rivojlantirishga doir yangi g‘oya va tashabbuslarni baham ko‘rishga chorlaymiz.
Anjumanga xush kelibsiz!