ToshDavTU Pediatriya sport majmuasida talaba yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishga qaratilgan navbatdagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida fakultetlararo basketbol turi bo’yicha musobaqalariga rasman start berildi.
Musobaqalar Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti dekani – Valiyev Abdusamad Razzakovich mas’ulligida tashkil etildi.
Bellashuvlarda universitetning barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etib, o‘zaro do‘stlik, birdamlik va sog‘lom raqobat ruhini namoyon etdilar.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar yuqori kayfiyat, jozibali va shiddatli muhitda davom etmoqda.
Musobaqa nafaqat sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazish, balki talaba yoshlarni birlashtirish, ularda liderlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Musobaqani baholashda ishtirok etgan hakamlar:
• Vasiliyev Venamin Dmitriyevich
• Muhammadiyev Rufat O‘tkurovich
• Valiyev Farruh Nigmatullayevich.






